“Lokomotiv” klubi o‘z rasmiy saytida Oliy Liga 18-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvidan so‘ng bosh hakam Valentin Kovalenko to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani haqidagi tekshirilmagan axborotni e’lon qilgani munosabati bilan intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 2-bo‘lim, 5.37-bandi)ga asosan, “Lokomotiv” PFK ikki million so‘m jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, shunday holatlar yana takrorlanadigan bo‘lsa, yanada qat’iyroq choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni O‘zbekiston saytlarida “O‘zbekiston XXIII milliy chempionati 18-tur o‘yinlari doirasidagi ‘Lokomotiv’ — ‘Bunyodkor’ uchrashuvida hakamlik qilgan Valentin Kovalenko to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi”, degan yolg‘on xabar paydo bo‘lgan va unga manba sifatida “Lokomotiv” PFK sayti ko‘rsatilgan.
Keyinroq O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi mazkur noto‘g‘ri ma’lumot haqida axborot berib, barchasiga oydinlik kiritdi.
Izoh (0)