IHS tadqiqotchilari iPhone 6 smartfonida ishlatilgan qismlar narxini hisoblab chiqdi. Bu LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, iPhone 6 smartfonining tannarxi 200–247 dollar bo‘lsa, iPhone 6 Plus’ning tannarxi esa 216–263 dollarni tashkil etadi. Bu narxlar gadjetning turli xil ichki xotira turlariga qarab o‘zgaradi. IHS tadqiqotchilarining fikricha, iPhone 6’ning tannarxi iPhone 5s’dan ko‘ra 5 dollar qimmat.
Quyida iPhone 6 smartfonlari uchun ishlatilgan qismlarning narxlari bilan tanishishingiz mumkin:
- iPhone 6 displeyi – 45 dollar;
- iPhone 6 Plus displeyi – 52 dollar;
- Apple Pay to‘lov tizimining ishlashiga xizmat qiladigan NFC chip – 22 dollar;
- A8 protsessori va M7 koprotsessori – 20 dollar;
- 16 Gb xotira – 15 dollar;
- Kamera – 11—13 dollar;
- Akkumulyator (batareya) – 4—5 dollar.
Eslatib o‘tamiz, iPhone 6 smartfoni Apple Store internet-do‘konida 649–849 dollar, iPhone 6 Plus esa 749–949 dollardan sotilmoqda. O‘zbeksitonda iPhone 6 smartfonining 16 gigabayt xotirali turi 20-sentabrdan boshlab 5,5 million so‘m narxda sotila boshlagan.
Izoh (0)