Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida navbatdagi vazn toifasi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi 85 kilogramm vazn toifasida xitoylik Shin Ten Tao ikki kurashda umumiy 381 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Kumush medal (380 kg) Eron vakili Kianush Rustamiga nasib etgan bo‘lsa, 369 kilogramm natija qayd etgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Alimov bronza medal bilan taqdirlandi.
Alimov dast ko‘tarishda 164, siltab ko‘tarishda 205 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston delegatsiyasi medallari soni sakkiztaga yetdi. Hozircha O‘zbekiston hisobida bitta kumush va yettita bronza medal bor.
Izoh (0)