Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy terma jamoasi yana peshqadamga aylanib oldi. Chin yurti vakillari hozirgacha 13 ta oltin, to‘qqizta kumush, 11 ta bronza — jami 33 ta medalni qo‘lga kiritib ulgurdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ikkinchi o‘rinda borayotgan mezbonlar hisobida 12 ta oltin, 10 ta kumush va shuncha bronza medal bor. Kuchli uchlikka yettita oltin, sakkizta kumush, 11 ta bronza medalga ega Yaponiya terma jamoasi yakun yasagan. Mo‘g‘uliston va Qozog‘iston terma jamoalari hisobida ikki nafardan Osiyo o‘yinlari chempioni bor.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobida hozircha ikkita bronza medal bor. Ushbu ikki medalni terma jamoaga dzyudo bahslarida Mirzohid Farmonov (66 kilogramm) hamda og‘ir atletikaning qizlar musobaqasida Mahliyo Tog‘ayeva (48 kg.) keltirgan edi.
Izoh (0)