Amerikalik talabalar tomonidan yaratilgan, elektr yordamida harakatlanadigan Electric Blue avtomobili elektromobillar o‘rtasidagi dunyo rekordini yangiladi. Bu haqda Phys.org sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
180 dan ortiq elektromobillar ishtirokida AQShning Yuta shtatida chempionat bo‘lib o‘tdi. Unda Electric Blue elektromobili soatiga 329,75 kilometr tezlik bilan harakatlanib, dunyo rekordini yangiladi va birinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu elektromobil 10 yil davomida Brigham Young universitetining 130 nafar talabasi tomonidan yasalgan. U silindir shaklida ishlangan, shamol qarshiligini oson yengib o‘tish uchun g‘ildiraklari korpus ostida yashirilgan. Uning og‘irligi 500 kilogrammni tashkil etadi.
Bundan avvalgi dunyo rekordi ham aynan shu elektromobil tomonidan 2011-yilda o‘rnatilgan edi. Unda Electric Blue elektromobili soatiga 250 kilometr tezlik bilan harakatlangan.
Izoh (0)