Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning o‘g‘li Ukraina sharqidagi aksilterror operatsiyalarida faoliyat olib borayotganiga dalillar taqdim etilishini so‘ramoqda. Bu haqda “Segodnya” xabar berdi.
Rossiya Davlat Dumasi deputati kichik Poroshenkoning Sharqiy Ukrainada amalga oshirilayotgan harbiy harakatlarda ishtirok etayotganiga shubha bilan qaramoqda.
“O‘g‘lining armiyaga ketgani borasida Poroshenko tomonidan berilgan bayonot bo‘yicha ko‘plab savollar tug‘ilmoqda: qani u? Ko‘rsating! Britaniyalik shahzoda o‘z vaqtida hech kimdan bekinmagan edi”, — deb qayd etdi Jirinovskiy o‘zining tvitterida.
Ma’lumot uchun, avvalroq Poroshenko CNN’ga bergan intervyusida o‘g‘li xizmatni artilleriya bo‘linmasida o‘tayotganini aytgan.
Izoh (0)