Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“A” guruhida, “Atletiko” “Olimpiakos” mehmoni bo‘ldi va safarda mag‘lubiyatga uchradi. Gretsiyaliklarning uch goliga madridliklar Manjukich va Grizmanning gollari bilan javob qaytara oldi. Yakuniy natija — 3:2. Ushbu guruhning boshqa ishtirokchisi “Yuventus” o‘z maydonida “Malme”ni qabul qildi va 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Turinliklar safida Teves ikki golga ham mualliflik qildi.
“B” guruhida Chempionlar ligasining amaldagi sohibi “Real” “Santyago Barbaneu”da “Bazel” bilan to‘qnash keldi va o‘z raqibini 5:1 hisobi bilan tor-mor etdi. Madridliklar safida Beyl, Ronaldu, Xames Rodriges, va Benzema gollarga mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bir gol raqib himoyachisi Suxi hisobiga yozib qo‘yildi. Shu guruhning yana bir ishtirokchisi “Liverpul” “Enfild”da Bolgariyaning “Ludogorets” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobi bilan zafar quchdi. Mersisaydliklar safida Balotelli hamda Jerrard gollarga mualliflik qildi.
“C” guruhida “Zenit” Portugaliyada “Benfika” mehmoni bo‘ldi va u yerda g‘alaba qozondi. Xalk va Vitselning gollari yakunda piterliklarga safarda 0:2 hisobidagi g‘alabani keltirdi. Guruhning boshqa ishtirokchisi “Monako” esa “Bayer” bilan kuch sinashdi va o‘yinning 61-daqiqasida Moutinyo tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga, yakunda g‘alabaga erishdi.
“D” guruhida Dortmundning “Borussiya” jamoasi o‘z uyida “Arsenal”ni qabul qilib, Immobile hamda Obameyangning gollari evaziga 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Guruhning boshqa ishtirokchisi “Galatasaroy” o‘z uyida “Anderlext”ni qabul qildi va Burak Silmazning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi — 1:1.
Yevropa Chempionlar ligasi:
“A” Guruhi
“Olimpiakos” (Gretsiya) — “Atletiko” (Ispaniya): 3:2 (2:1, 1:1)
“Yuventus” (Italiya) — “Malme” (Shvetsiya): 2:0 (0:0, 2:0)
“B” guruhi
“Liverpul” (Angliya) — “Ludogorets” (Bolgariya): 2:1 (0:0, 2:1)
“Real Madrid” (Ispaniya) — “Bazel” (Shveysariya): 5:1 (4:1, 1:0)
“C” guruhi
“Benfika” (Portugaliya) — “Zenit” (Rossiya): 0:2 (0:2, 0:0)
“Monako” (Monako) — “Bayer” (Germaniya): 1:0 (0:0, 1:0)
“D” guruhi
“Galatasaroy” (Turkiya) — “Anderlext” (Belgiya): 1:1 (0:0, 1:1)
“Borussiya D” (Germaniya) — “Arsenal” (Angliya): 2:0 (0:0, 2:0)
Izoh (0)