Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker Angliya Premyer-ligasi 4-tur doirasidagi “Chelsi” — “Suonsi” (4:2) uchrashuvida uchta gol kiritgan hujumchi Diyego Kosta borasida so‘zlab o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Kosta xet-trik muallifiga aylandi. Bu bola bir oy ichida Torresdan gollar soni bo‘yicha o‘zib ketishi mumkin”, — deb yozdi Lineker o‘z tvitterida.
Kosta dastlabki to‘rt uchrashuvda yettita gol kiritgan APL tarixidagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Torresga yettita gol kiritish uchun “ko‘klar” safida 47 ta uchrashuv talab etilgan edi.
Ma’lumot uchun, Torres “Chelsi” safida 110 uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritgan.
Izoh (0)