Poytaxtda davom etayotgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha yana uch vazn toifasida bahslar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Yunon-rumchilar 66, 80 hamda eng og‘ir vazn toifasi — 130 kilogrammda jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqdi.
66 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Boburbek Zaylobiddinov himoya qildi. 80 kilogramm vaznda Besike Soldadze va eng og‘ir vazda Abrorbek Mamasoliyev o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Biroq o‘zbekistonlik uchala sportchi ham saralashda mag‘lubiyatga uchrab, medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.Jahon chempionati sovrindorlari nomi kechki dasturdan so‘ng aniq bo‘ladi.
Izoh (0)