Rossiya fanlar akademiyasining Ovqatlanish instituti shifoxonasi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, semirish kasalligining ilk bosqichida bo‘lganlar ozg‘in odamlarga nisbatan ko‘proq yashaydi. Bu haqda “Rossiya 2” telekanalining rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ortiqcha vazn yurak xuruji, miyaga qon quyilishi, qandli diabet kabi o‘limga olib keluvchi kasalliklarning asosiy sababi hisoblanadi. Shunga qaramay, yog‘ to‘qimasi odam organizmida ko‘plab organ va to‘qimalarning tiklanishiga yordam beradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, yog‘li taom iste’mol qilmaslik yurak faoliyatini ishdan chiqaradi. Shuningdek, bu ko‘plab gormonlar ishlab chiqarilishining va miya vazifalari bajarilishining to‘xtashiga olib keladi.
Izoh (0)