Apple kompaniyasi 2007-yildan iPhone sotishni boshlagan va u bugungi kunda dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. CNN Apple iPhone haqida beshta ma’lumotni e'lon qildi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
- Apple hozirgi kungacha 343 milliard dollar qiymatga ega iPhone smartfonlarini sotgan. Bu esa Apple mahsulotlari sotuvidan tushgan pulning yarmini tashkil etadi;
- Apple jami 551 million dona iPhone sotgan va buning yarmidan ko‘pi oxirgi bir yarim yil davomida sotilgan;
- Apple 2007-yildan hozirgacha iPhone bilan deyarli bir xil — 610 million dona iPad plansheti, iPod pleyeri va Mac kompyuterlarini sotgan;
- O‘tgan 12 oy davomida Apple’ning iPhone sotuvidan ko‘rgan daromadi Microsoft’ning barcha mahsulotlari sotuvidan tushgan daromaddan 13 foiz ko‘p. Bu davr mobaynida iPhone sotuvidan 97,8 milliard dollar daromad ko‘rilgan bo‘lsa, Microsoft barcha sotilgan mahsulotlaridan 86,8 milliard dollar daromad ko‘rgan;
- iPhone sotuvi hali ham o‘sib bormoqda. Biroq, ko‘rsatkichlar avvalgidek tez ko‘tarilmayapti.
Izoh (0)