O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Olmaliqda “Olmaliq” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Bahsdagi hisob 18-daqiqada Zabihillo O‘rinboyev tomonidan ochildi. U belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi — 0:1. Oradan uch daqiqa o‘tgach, Eldor Shomurodov chiroyli tarzda darvozani ishg‘ol qildi — 0:2.
22-daqiqada Temur Hakimov “Olmaliq”ning javob to‘pini kiritdi — 1:2. Uchrashuv tugashiga ikki daqiqa qolganida Asliddin Abdiyev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining yana bir golini urdi — 1:3. O‘yin mana shu hisobda o‘z yakuniga yetdi.
“Olmaliq” — O‘zbekiston U-19: 1:3
Gollar: Temur Hakimov 22 — Zabihillo O‘rinboyev 18 penalti, Eldor Shomurodov 21, Asliddin Abdiyev 88
“Olmaliq”: Akmal Ortiqov, Sarvarjan Jo‘rayev, Yevgeniy Gogol, Darko Stanoyevich, Abduqahhor Hojiakbarov, Diyor Turopov, Dilyaver Abibullayev, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Sanjar Shoahmedov, Temur Hakimov.
O‘zbekiston U-19: Sarvar Karimov, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Xurshid G‘iyosov, Otabek Shukurov, Doston Hamdamov, Jamshid Boltaboyev, Javohir Sohibov, Eldor Shomurodov, Zabihillo O‘rinboyev.
Izoh (0)