Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Qizilqum fosforit majmuasining ikkinchi bosqichi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida O‘zbekistonda ishlab chiqarish hajmi va sifati muttasil oshib bormoqda. O‘zbekiston rahbarining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.
Umumiy qiymati 59,9 million dollarlik sarmoya evaziga Germaniyaning Engineering Dobersek GmBH kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan majmuaning ikkinchi navbatida fosforit rudasidan yuqori sifatli kuydirilgan fosforit konsentratlari tayyorlash hajmi yiliga 716 ming tonnaga yetkaziladi. Bu ishlab chiqarish sur’atini qariyb ikki barobar oshirib, qo‘shimcha 136 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
“Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada asosan yoshlar mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘liq avtomatlashtirilgani ish sur’atining oshishida muhim omil bo‘lmoqda”, — dedi majmua bo‘lim boshlig‘i Jasur Abdullayev.
Izoh (0)