Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

1-sentabr, dushanba kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida liftdagi nosozlik tufayli 12 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi a’zolari xabar bermoqda.

Foto: vluki.ru

Foto: vluki.ru

Guruhga marhum bolakayning qarindoshi post yozgan. Unga ko‘ra, bolakay birinchi qavatga tushgan va ikkita eshigidan bittasi ochilgan liftga chiqqan. U lift ichiga to‘liq kirib ulgurmasdan, lift tepaga yurib ketgan.

“U ajoyib bola edi. Ahmoqona va bema’ni sabablarga ko‘ra vafot etgani qanchalik achinarli va ayanchli! Bugun u maktabga borishi kerak edi...”, — deya qayd etdi foydalanuvchi.

Guruh a’zosi o‘z qayg‘usini bo‘lishish bilan birgalikda, nosoz liftlardan foydalanmaslik, uy-joy shirkatlari, liftchilar va boshqa mas’ullardan liftlarni tuzatishni doimiy ravishda talab qilishga da’vat etdi.

“Lift murakkab mexanizmdir. Unga nisbatan ko‘rilgan yarim-yorti choralar baxtsiz hodisalarga olib keladi!” — deb yozdi foydalanuvchi.

Postga bildirilgan fikrlarda guruh a’zolari muallifga va bolakayning ota-onasiga hamdardlik izhor etgan. Shu bilan birgalikda ularning ko‘pchiligi fojia uchun javobgarlikni uy-joy shirkati o‘z bo‘yniga olishi kerakligini ta’kidlagan. “Ular o‘z vaqtida nosozlikni bartaraf etish uchun ustalarni chaqirishi kerak edi”, — deb yozadi ulardan biri.

Ba’zilar esa bu uchun hech kim javobgarlikka tortilmasligini, endi buning ahamiyatsiz ham ekanligini qayd etgan.

Yana bir foydalanuvchi esa guruh a’zolari bilan birlashib, bolaning o‘limiga sababchi bo‘lganlarni jazoga tortish tashabbusini ilgari surdi. “Ota-onasining ko‘ngliga hozir bu narsa sig‘maydi, lekin, kelinglar, biz bunga yordam beramiz”, — deb yozadi u.

Izohlardan birida esa marhumning qarindoshiga tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilishni maslahat berishgan.

Ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi