Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha tinchlik rejasiga o‘zgartirish kiritilganini e’lon qildi, deb yozadi “Segodnya”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Bu haqda u Bryusselda Yevropa komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozu bilan birgalikdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Avval taklif qilingan hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va sheriklarimiz bilan muhokamalardan so‘ng ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan tinchlik rejasi sentabr boshidayoq Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin”, — dedi Poroshenko.

U ayni paytda bunday imkoniyatlar mavjud ekanini, biroq uning fikricha, barchasi mamlakat ulardan foydalanish-foydalanmasligiga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u bu amalga oshmasa, Yevroittifoqning sanksiyalar haqidagi qarori qabul qilinishini aytib o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi