Samsung kompaniyasining yangi planshetofoni Galaxy Note 4’ning taqdimotiga ham sanoqli kunlar qoldi. Galaxy Note 3 o‘tgan yil taqdim etilgan bo‘lib, ikki oy ichida 10 million dona sotilgan edi. Yangi Galaxy Note 4 uning ko‘rsatkichlarini yangilay oladimi!?
Shu bilan birga Samsung kompaniyasining ikkinchi chorakdagi daromadi ham anchagina pasaydi. Galaxy S5 flagman smartfoni nisbatan ommalashmadi. Shu bois Phonearena.com sayti “Galaxy Note 4 planshetofoni Samsung kompaniyasiga Galaxy S5’dan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradimi?” deb nomlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 88 foiz – 3739 nafar kishi Galaxy Note 4 planshetofoni Samsung’ga Galaxy S5’dan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishiga ishongan. Qolgan 510 nafar, 12 foiz kishi esa bunday bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi yangi Galaxy Note 4’ning reklama ishlarini boshlab yubordi. Shuningdek, Galaxy Note foydalanuvchilari ham ushbu gadjetni maqtab video-roliklar taqdim etishmoqda.
Izoh (0)