Taxminlarga ko‘ra, 9-sentabr kuni taqdim etiladigan yangi iPhone 6 smartfoni bilan birgalikda Apple kompaniyasining aqlli soati ham e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Apple aqlli soatida iOS 8 operatsion tizimi, sog‘likni nazorat qiluvchi HealthKit va aqlli uy jihozlari bilan aloqa o‘rnatishda xizmat qiladigan HomeKit dasturlari o‘rnatilishi mumkin.
Avvalroq Apple aqlli soati 2015-yilgacha taqdim etilmasligi haqida mish-mish tarqalgan edi. Biroq xabarda ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda Apple iWatch (boshqa nom bilan atalishi ham mumkin) aqlli soatini ham joriy yilda taqdim etishni istamoqda.
Apple aqlli soati qon bosimi, namlik, yurak urishi nazorati va bildirishnomalar qabul qilish funksiyalariga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)