O‘zbek estradasining go‘zal vakilalaridan biri Rayhon bugun o‘zining yangi videoklipini muxlislar e’tiboriga havola etmoqda. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
“Ne bo‘lar?” nomli taronasiga ishlangan videoklipning qiziqarli g‘oyasi Rayhon hamda rejissor Davlat Arabshoyevga tegishli bo‘lib, ko‘p sonli ishtirokchilar qatnashgan video hayot zavqini tarannum etadi. O‘z o‘rnida mohirona qo‘llanilgan kompyuter grafiklari esa klipga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan.
Bundan avvalroq, Rayhonning “Ne bo‘lar?” taronasi uchun klip suratga olish jarayonidan fotolavhalar havola etgan edik.
Izoh (0)