Jazoir futbol federatsiyasi chempionatning eng yaxshi to‘purari kamerunlik Albert Ebossening fojeali o‘limi tufayli milliy birinchilikni to‘xtatdi, deya xabar beradi Stadion.uz BBC ma’lumotiga tayanib.
Xabar berilganidek, “Kabiliya” va “Jazoir” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, Albert Ebosse muxlis uloqtirgan g‘ishtning boshiga kelib tushishi natijasida shifoxonaga jo‘natilgan, ammo manzilga yetmay jon taslim qilgan edi.
Jazoir politsiyasi voqeani o‘rganmoqda. Qotilning shaxsidan tashqari, qurilish ishlari davom etayotgan stadion qanday qilib o‘yin o‘tkazishga ruxsat olgani ham aniqlanmoqda.
Chempionatning davom ettirish muddatlari noma’lum.
Izoh (0)