Isroilning maxsus operatsiyasi boshlangandan beri G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 2122 kishiga yetdi. Bu haqda France-Presse agentligi ma’lumotiga tayanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Dushanbaga o‘tar kechasi G‘azo sektoriga qarata uyushtirilgan aviahujum natijasida ikki nafar falastinlik halok bo‘ldi”, — deb qayd etdi Falastin tibbiyot xizmati.
Bundan avvalroq, bir sutkada G‘azo sektoridan Isroilga yo‘naltirilgan 135 ta raketa uchirilgan edi.
Ma’lumot uchun, Isroil 8-iyuldan beri XAMAS tashkilotiga qarshi “Mudofaa chizig‘i” (“Yengilmas qoya”) operatsiyasini olib bormoqda.
Izoh (0)