Bugun Rossiyaning Chelyabinsk shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 31-avgustga qadar davom etadigan chempionatda shaxsiy hisobda 14 ta, jamoaviy yo‘nalishda ikkita medallar jamlanmasi o‘ynaladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Yilning nufuzli musobaqasida 110 davlatdan 388 nafar erkak, 251 ayol dzyudochilar tatamiga chiqadi. Ular qatorida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bor. Andrey Shturbabin bosh murabbiyligidagi o‘zbekistonlik dzyudochilar so‘nggi yig‘inni Chirchiq shahrida o‘tkazadi.
Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda taniqli aktyor Jeyson Stetxem ishtirok etadi.
Izoh (0)