Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

G‘azo sektorini nazorat qiluvchi Falastinning HAMAS radikal guruhi hozirgi nizoni keskinlashtirib yuborgan, uch o‘smirning o‘g‘irlanishi tashkilot rahbariyati bilan kelishilmagan tarzda amalga oshirilganini aytdi. Bu haqda 23-avgust kuni CNN guruh vakili Solih Aruriyga tayanib xabar berdi.

Foto: abc.net.au

Foto: abc.net.au

Uning so‘zlariga ko‘ra, yahudiylar maktabi o‘quvchilarini haqiqatan ham HAMAS jangarilari o‘g‘irlagan, biroq bu haqda ular o‘z qo‘mondonligini xabardor qilmagan. O‘g‘irlikni guruh a’zolari amalga oshirgani biroz vaqt o‘tibgina ma’lum bo‘lgan. Aruriy ushbu operatsiya hech kim bilan kelishilmagan holda bo‘lganini ta’kidladi.

Isroil va Falastin o‘rtasidagi qurolli nizolarning yangi bosqichi 2014-yil yozida — 12-iyun kuni yahudiy diniy maktabining uch o‘quvchisi yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘lgach, boshlanib ketdi. Isroil bosh vazir Binyamin Netanyaxu HAMASni o‘smirlarni o‘g‘irlaganlikda aybladi. 1-iyul kuni ularning jasadlari Iordan daryosi qirg‘oqlarida topildi.

G‘azo sektorida jangarilarga qarshi “Mudofaa chegarasi” operatsiyasini Isroil 7-iyul kuni boshladi. Otishmalar, bombardimonlar va raketa zarbalari natijasida olti haftada ikki mingdan ortiq falastinlik va 70 ga yaqin isroilliklar halok bo‘ldi. Tomonlar Misr vositachiligida bir necha marta yarashish haqida kelishib olishdi. Bu so‘nggi bora 13-avgustda sodir bo‘ldi, biroq bir hafta o‘tar-o‘tmas o‘zaro otishmalar qaytadan boshlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda