Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan ikkinchi o‘smirlar olimpiada o‘yinlarida Timur Qodirov bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Sport gimnastikasi bo‘yicha alohida snaryadlarda bajariladigan (kon) mashqlarning final bosqichida ishtirok etgan Timur Qodirov 13.800 ball jamg‘argan holda o‘smirlar olimpiada o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi.
Mazkur musobaqada rossiyalik Nikita Nagorniy 13.966 ball bilan birinchi, ukrainalik Vladislav Xryako 13.933 ball jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)