“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘liq mashg‘ulotlarga qaytdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
U bir necha kun davomida individual dastur asosida mashg‘ulot olib bordi. Ammo jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarini jamoadoshlari bilan birgalikda o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi “Atletiko”ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi dastlabki uchrashuvida jarohat olib, birinchi bo‘limdan keyin maydonni tark etgandi.
Izoh (0)