Sharon Standifirid ismli ayol farzandlariga qo‘ng‘iroq qilganda yoki xabar yozganda farzandlari onasiga javob qaytarmagan. Shunda ona xavotirga tusha boshlagan, keyin esa unda ushbu dasturni yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Dastur Ignore No More – “Boshqa rad etma” deb nomlanadi. Uni Google Play’dan yuklab olish mumkin. O‘zingizning smartfoningizga va farzandlaringizning smartfonlariga ushbu dasturni o‘rnatib, ular sizga javob berishmasa, ularning smartfonlarini qulflab qo‘ya olasiz.
Bunda farzandlarning smartfoni qulflanib qoladi va ular qo‘ng‘iroq qila olmaydi, xabar yoza olmaydi, o‘yin o‘ynay olmaydi, internetga ham kira olmaydi. Faqatgina ota yoki onalariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, masalan, kechki ovqatga chiqmasdan smartfonini titkilab o‘tirgan farzandingizning ham smartfonini shu yo‘l bilan qulflab qo‘yishingiz mumkin :)
Izoh (0)