27 yoshli futbolchi Lionel Messi shu kunga qadar deyarli barcha turdagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Ayrimlariga hatto bir necha marotaba loyiq deb topildi. Buni Aleksa de la Iglesia rejissorligi ostida suratga olingan “Messi” filmida ko‘rish mumkin, deb xabar bermoqda Sports.uz.
Film 17-avgust Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXV xalqaro klub muxlislari kongressi vaqtida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ssenariy muallifi — Xorxe Valdano.
Tasvirlar, asosan, Argentina va Barselonada suratga olingan. Filmda Messidan tashqari Menotti, Maradona, Valdano va Kroyf kabi futbol yulduzlarini ham ko‘rish mumkin. Film taqdimoti marosimini Xordi Baste olib boradi.
Ilk bor JCh — 2014 vaqtida Rio-de-Janeyroda taqdim etilgan film muxlislar etiboriga 6-sentabr kuni Venetsiyadagi festivalda namoyish etiladi.
Film muhokamasida mutaxassislar, jurnalistlar, futbolchining murabbiylari, bolalikdagi do‘stlari qatnashishi kutilmoqda.
Film futbolchining hayotidagi muhim voqealar haqida hikoya qiladi. Yoxan Kroyf esa o‘ziga xos uslubda Messini Maradonaga taqqoslanishini tushuntiradi.
Izoh (0)