Koreyaning Chxunchxon provinsiyasi Konju shahrida avtomobil haydab ketayotgan ayol binoga borib urildi. Halokat natijasida 50 kishi jarohatlandi, bir bola olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Renxap” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Voqea Seuldan 160 kilometr uzoqlikdagi Konju shahrida sodir bo‘ldi. Ayol mahalliy nasroniylar jamoatchiligi seminari bo‘layotgan uy devoriga kelib urilgan, mashina uy devorini yorib kirgan.
Hozirda politsiya yo‘l-transport hodisasi holatlari yuzasidan tergov-taftish ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)