Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-avgust, juma kuni Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga nisbatan rasman davlat ichidagi qidiruv e’lon qilindi, deya xabar berdi “Rossiyskaya gazeta”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Saakashvilining qayerdaligi hozircha noma’lum. U o‘tgan yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan yangi prezident inauguratsiyasidan keyin shoshilinch tartibda Gruziyani tark etgan, shundan buyon unga qarshi uchta jinoyat ishi ochilgani sababli, Saakashvili vataniga qaytishdan hayiqmoqda.

Saakashvili Gruziyaga qaytib keladigan bo‘lsa, u zudlik bilan hibsga olinib, butun tergov davomida qamoqda saqlanadi. Agar uning aybi isbotlansa, qamoqda 10—15 yilni o‘tkazadi.

Saakashvili xalqaro qidiruvga berilmagan, shu sababli u chet elda bemalol o‘z pullarini sarflab yuraverishi mumkin, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Gruziya prokuraturasi sobiq prezidentni davlatga tegishli 5 million dollar mablag‘ni noqonuniy ravishda sarflab yuborganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, u 2007-yil 7-noyabr kuni Tbilisida namoyishga chiqqan muxolifatni kuch bilan bostirganlikda va Gruziya parlamenti sobiq deputati Valeriy Gelashvilini do‘pposlaganlikda ayblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi