Rossiya chempionatining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik Odil Ahmedov to‘p tepayotgan “Krasnodar” jamoasi ushbu turda o‘z maydonida Moskvaning “Spartak” klubini qabul qilib, raqiblari darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p yo‘lladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi bu uchrashuvda g‘olib jamoa tarkibida to‘liq harakat qildi va krasnodarliklarning g‘alabasiga munosib tarzda hissa qo‘shdi.
Rossiya chempionati, 3-tur (“Kuban” stadioni)
“Krasnodar” — “Spartak”: 4:0
Gollar: Izmaylov (27), Ari (56), Bistrov (62), Joaozinyo (67 penaltidan).
“Krasnodar”: Dikan, Grankvist, Sigurdsson, Yendjeychik, Izmaylov (V. Bistrov, 55), Odil Ahmedov, Pereyra (Laborde, 46), Petrov, Gazinskiy, Joaozinyo, Ari (Vanderson, 69).
“Spartak”: Ar. Rebrov, Parshivlyuk, Bokketti, Insaurralde, Makeyev (Davidov, 63), Tino Kosta (D.Kombarov, 12), Ananidze, Promes, Glushakov, Chelstryom, Dzyuba (Uoris, 28).
Ogohlantirishlar: Ari (57), Makeyev (58), Petrov (60), Bokketti (73), Parvishlyuk (82).
Izoh (0)