Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 10-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Bu safar 11-raqam ostida tasniflangan gollandiyalik grossmeysterlar 2,5:1,5 hisobi bilan mag‘lub etildi. Reyting bo‘yicha o‘zbekistonlik shaxmatchilardan ancha ustun bo‘lgan grossmeysterlarga qarshi uchrashuvda, ayniqsa, to‘rtinchi taxtada o‘ynagan Jahongir Vohidov qahramonlik ko‘rsatdi. U tajribali grossmeyster Robin Van Kampenni mot qilishning uddasidan chiqdi.
Bu tarixiy g‘alaba Olimpiadada 33-raqam ostida saralangan O‘zbekiston termasiga sovrinli o‘rinlardan birini egallash imkonini berdi. Bungacha o‘tkazilgan uchta partiyada Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O‘zbekiston termasi raqiblari bilan murosaga kelgandi:- Anish Giri (2745) — Rustam Qosimjonov (2700) 0,5:0,5
- Ervin Lami (2631) — Anton Filippov (2615) 0,5:0,5
- Lyuk Van Veli (2662) — Marat Jumayev (2510) 0,5:0,5
- Robin Van Kampen (2638) — Jahongir Vohidov (2471) 0:1
Izoh (0)