AQShdagi ilk sapfir billuri bilan himoyalangan Brigadier smartfoni qanday baquvvat ekanligini isbotlovchi video taqdim etildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Video Brigadier smartfoni odamlar qo‘lidan tushib ketgan vaziyatlarni ko‘rsatish bilan boshlanadi. Shundan so‘ng, sapfir billuri bilan himoyalangan smartfon va oddiy smartfon displeyini tosh bilan qirib ko‘rishadi. Buning natijasida oddiy smartfon displeyida bir qancha chiziqlar qoladi, sapfir billuri bilan himoyalangan smartfon displeyiga esa hech narsa qilmaydi. Video sapfir billuri bilan himoyalangan Brigadier smartfonini tosh ustiga tashlab yuborish va uning displeyiga hech narsa qilmaganini ko‘rsatish bilan yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Apple ham yangi iPhone 6 smartfoni displeyida sapfir billurini ishlatishi mumkin.
Izoh (0)