Bugun, 11-avgust kuni professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi. O‘tgan hafta o‘tkazilgan turnirlarda omadsizlikka uchragan O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari reytingda sezilarli darajada pastladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Denis Istomin o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda olti, Farrux Do‘stov esa besh pog‘onaga pastladi. Bugun e’lon qilingan reytingda Denis 45, Farrux esa 132-o‘rinni egallab turibdi.
Kuchli beshtalikda o‘zgarish kuzatilmadi. Hamon serbiyalik Novak Jokovich dunyo tennischilar reytingini boshqarib turibdi. Toronto turniri g‘olibi Jo Vilfred-Tsonga 1000 reyting ochkosi jamg‘argani evaziga kuchli o‘ntalikka kirib oldi.
1. Novak Jokovich (Serbiya) — 12860
2. Rafael Nadal (Ispaniya) — 11670
3. Rojer Federer (Shveysariya) — 6670
4. Sten Vavrinka (Shveysariya) — 5850
5. Tomash Berdix (Chexiya) — 4410
... 45. Denis Istomin (O‘zbekiston) — 985
... 132. Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) — 443
Izoh (0)