Twitter foydalanuvchilar lentasida ular follow qilmagan – kuzatmaydigan akkaunt egalarining ham tvitlarini chiqarmoqda. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Twitter foydalanuvchisining ta’kidlashicha, uning akkaunti lentasida o‘zi o‘qimaydigan, biroq u o‘qiydigan a’zolar o‘qiydigan akkaunt egalarining tvitlari paydo bo‘lmoqda.
Bu Twitter'ning yangi xizmati bo‘lishi mumkin va ushbu xizmat ayrim a’zolar akkauntining lentasida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Akkaunt lentasida bu kabi paydo bo‘layotgan tvitlar reklama emas, balki “taklif qilingan” tvitlar bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchilar o‘qish uchun yangi akkaunt egalarini topishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, kelajakda bu kabi tvitlar ko‘proq o‘quvchi – follower yig‘ishni istaganlar tomonidan pul to‘lab chiqarilishi ham mumkin.
Izoh (0)