Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining ayollar o‘rtasidagi bahslarida ham 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Beshinchi turda Braziliya ustidan g‘alaba qozongan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bu safar uelslik dugonalarini 3:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sardori Sarvinoz Qurbonboyeva birinchi taxtada Jeyn Richmond bilan durang o‘ynadi. Sevara Baymuratova Oliviya Smit bilan murosaga keldi. Qolgan ikki nafar shaxmatchi qizlar Mohinur Qahramonova va Olga Sobirova raqibalarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Hozirda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi hisobida oltita turdan so‘ng uchta g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat bor.
Izoh (0)