Qozog‘istonning Ostona shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat Summer Cup xalqaro turnirining juftliklar musobaqasida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Rossiyalik Angelina Gabuyeva bilan tandem hosil qilgan o‘zbekistonlik tennischi Vlada Yakshibarova chorak finalda turnirning birinchi raqamli juftligi deb tasniflangan Polina Pexova va Svetlana Pirajenko (Belarus) hamkorligini 5:7, 6:3, katta tay-brekda 10:6 hisobida taslim etdi.
Yakshibarova — Gabuyeva juftligi finalga chiqish uchun turnirning uchinchi tartib raqamli dueti — rossiyalik Yevgeniya Pashkova hamda qirg‘izistonlik Kseniya Palkina bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)