6-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Xalqaro taekvondo federatsiyasi (ITF) rahbari Chang Ung bilan shu kunlarda taekvondo bo‘yicha Tojikistonda o‘tkazilayotgan jahon chempionatini muhokama qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib, “Noviy vek” gazetasi xabar bermoqda.
Tojikiston rahbarining axborot xizmati ma’lum qilishicha, taekvondo bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari haqida suhbatlashgan Chang Ung mamlakatda jahon birinchiligining yuqori darajada tashkil etilgani va olib borilayotgani uchun o‘zining minnatdorchiligini izhor qildi.
Uchrashuv so‘ngida ITF rahbari Emomali Rahmonga mazkur sport turidagi eng yuqori daraja hisoblangan to‘qqizinchi dan qora belbog‘ni sertifikat va kimono bilan birgalikda taqdim etdi.
Izoh (0)