International Champions Cup musobaqasining so‘nggi turida “Manchester Yunayted” klubi Madridning “Real” jamoasi bilan kuch sinashdi va 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Lui van Gal shogirdlari uchrashuvning 21-daqiqasida Eshli Yangning golidan so‘ng oldinga chiqib oldi. Oradan 6 daqiqa o‘tgach, Garet Beyl penaltidan muvozanatni tikladi.
Ammo “Manchester Yunayted” taslim bo‘lmadi va yana Eshli Yang birinchi bo‘limning o‘zida vaziyatni o‘z jamoasi foydasiga o‘zgartirdi. Xaver Ernandesning 80-daqiqadagi goli uchrashuv taqdirini uzil kesil hal qildi.
Eslatib o‘tamiz, International Champions Cup musobaqasi guruh bosqichida “Manchester Yunayted” 5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. “Real” esa 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolib ketdi. Ikkinchi o‘rin “Roma” va uchinchi o‘rin “Inter”ga nasib qildi.
International Champions Cup (3-tur)
“Real” — “Manchester Yunayted”: 1:3 (1:2)
Gollar: 0:1 — Yang (21), 1:1 — Beyl (27, penalti), 1:2 — Yang (37), 1:3 — Ernandes (80).
“Real”: Kasilyas, Arbeloa, Pepe, Ramos, Nacho, Karvaxal, Ilyaramendi, Xabi Alonso, Modrich, Beyl, Isko.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Kin, Jons, Evans, Valensiya, Errera, Fletcher, Yang, Mata, Runi, Uelbek.
Izoh (0)