Tojikistonda noma’lum sabablarga ko‘ra yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga ayni damda mamlakat hududidan kuniga 200 ming foydalanuvchi kirmoqda. Bu haqda “Odnoklassniki”ning axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoq bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yopilishidan avval “Odnoklassniki”dan har kuni 350 ming tojikistonlik foydalangan. Hozirda ijtimoiy tarmoqqa Tojikiston hududidan kirayotganlar Tor anonim tarmog‘i singari chetlab o‘tish tizimlaridan foydalanayotgan bo‘lishlari mumkin.
Avval xabar berganimizdek, 20-iyul, yakshanba kuni ertalabdan respublikadagi yetakchi internet-operatorlar mijozlari “Odnoklassniki” ochilmay qolganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)