Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Tabriknomalarda Islom Karimovga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, xotirjamlik, taraqqiyot hamda farovonlik tilab, ezgu va samimiy istaklar bildirilgan.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)