Jizzax shahri markazidagi ko‘chalar bo‘ylab zamonaviy dizayn asosida barpo etilayotgan ko‘p qavatli 40 ta turarjoy binosi Jizzax infratuzilmasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Bu haqda Turkiston-press nodavlat axborot agentligi xabar berdi.
“Viloyatimiz markazidagi bunyodkorlik ishlari 2012—2017-yillarga mo‘ljallangan dastur asosida olib borilyapti, — deydi viloyat hokimligi yagona buyurtmachi xizmati “Injiniring” kompaniyasi rahbari Mirahmad Qoratoyev. — Ushbu dasturdan kelib chiqib, shahar markaziy dehqon bozori ham qayta rekonstruksiya qilinib, jahon andozalariga mos 1152 savdo rastasi va 49 ta turg‘un savdo shoxobchasi yangitdan qurildi. Hozirgi kunda bozor hududida katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda”.
Shuningdek, mustaqillikning 23 yillik bayrami arafasida shaharda ko‘plab yangi inshootlarni foydalanishga topshirish ko‘zga tutilgan. Xususan, qariyb olti gektar maydonni egallagan 10 ming o‘rinli stadionda ayni paytda ichki va tashqi pardozlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Izoh (0)