Facebook mobil dasturidagi suhbatlashish funksiyasini Messenger’ga o‘tkazishi haqida aprelda xabar berilgan edi. Kompaniya foydalanuvchilarni bu haqda ogohlantirishni boshladi, deb yozadi The Verge’ga asoslanib “Parol” nashri.
Yaqin orada smartfon orqali Facebook’da suhbatlashishning yagona yo‘li Messenger’dan foydalanish bo‘lib qoladi.
Facebook hozircha hech kimni majburlayotgani yo‘q, lekin tarmoqdagi suhbatlashish to‘liq Messenger dasturiga o‘tguncha ogohlantirish ishlari olib boriladi va bu o‘zgarish katta tezlik bilan yaqinlashib kelyapti.
Saytga kompyuterdan kiruvchilar uchun o‘zgarishlar sezilmaydi, suhbatlashish, uning ikonkasi va joyi xuddi o‘z holidek qoladi.
Messenger’dan bugungi kunda oyiga 200 million kishi foydalanadi. Facebook esa tarmoq a’zolarining barchasi undan foydalanishini istamoqda. Chunki Messenger yordamida do‘stlar bilan suhbatlashish tez va qulay. Shuningdek, u orqali ovozli xabarlar va stikerlarni yuborish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)