O‘zbekiston Hisob palatasi va Moliya vazirligi budjet tashkilotlarida moliyaviy tekshiruvlar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zAga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.
2014-yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekistondagi pedagogika yo‘nalishidagi yettita OTM tekshirilganda belgilangan o‘quv yuklamasini bajarmagan pedagog xodimlarga budjet mablag‘lari hisobidan ish haqi asossiz berilgan holatlar aniqlangan.
Masalan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagoglarga bajarilmagan 563 soat o‘quv yuklamasi uchun 7,2 million so‘m, Navoiy davlat pedagogika institutida 9,7 million so‘m, Toshkent viloyat davlat pedagogika institutida 11,2 million so‘m asossiz to‘langan.
Xabar berishlaricha, nazorat yakunlari bo‘yicha moliyaviy huquqbuzarlik va kamchiliklar aniqlangan tekshiruv materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
Izoh (0)