Microsoft-Nokia kompaniyasi Lumia 530 smartfonining bir va ikki SIM-kartali turini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Qurilmalarda 1,2 GGers chastotaga ega to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 200 protsessori, 512 Mb tezkor va MicroSD yordamida 128 gigabaytgacha oshirish mumkin bo‘lgan 4 Gb ichki xotira va 5 megapikselli kamera o‘rnatilgan.
Smartfonlarning old tomonida kamera yo‘q, ularda GlamMe dasturi yordamida ovozli buyruq bilan selfi surat olish mumkin. Shuningdek, kamera uchun alohida tugma o‘rnatilmagan.
Smartfon 4 dyuymli displeyga ega va Windows Phone operatsion tizimida ishlaydi. Smartfonda Bluetooth 4.0, GPS va Wi-Fi bor.
Smartfonlarning narxi kamida 114 dollar bo‘ladi, shu bilan birga bu narx 135 dollardan oshib ketmasligi belgilangan. Qurilmalar butun dunyo bo‘ylab sotilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)