TransAsia aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyot Tayvanning Penxu arxipelagida favqulodda qo‘nayotganida halokatga uchradi. Bu haqda People’s Daily China nashriga asoslanib, “Vesti” xabar berdi.
Aniqlanishicha, samolyot bortida 58 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. Aviahalokat natijasida 51 kishi halok bo‘lgan, yetti nafari jarohatlangan.
Halokatga uchragan samolyot o‘rta magistralli ikki motorli ATR-72 bo‘lib, 74 nafargacha yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot turar joy binolari ustiga qulagan, deyiladi “Interfaks” axborotida
Izoh (0)