22-iyul, dushanba kuni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdagi III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Konferensiyada mazkur tashkilotning hududiy bo‘linmalaridan saylangan delegatlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, uyushmaning o‘tgan besh yillik faoliyati atroflicha muhokama etildi.
Anjumanda bugungi globallashuv zamonida uyushma faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bilan bog‘liq vazifalar haqida fikr bildirilib, tashkiliy masala ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi direktori Ibrohimjon Halimbekov O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri O‘ktam Mirzayorov mazkur tashkilot raisining o‘rinbosari etib saylandi.
Izoh (0)