Motorola o‘tgan yili taqdim etgan Droid Max va Droid Mini smartfonlarining ishlab chiqarilishi boshlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ishonchli manba — Evleaks’ning rasman tasdiqlanmagan xabariga ko‘ra, Motorola ushbu smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlagan. Qurilmalarda Qualcomm Snapdragon 801 protsessori o‘rnatiladi va shundan bilish mumkinki, bu smartfonlar qimmat bo‘ladi. Hozircha qurilmalarning boshqa xususiyatlari oshkor etilmagan.
Izoh (0)