Eng yirik aloqa operatori Beeline (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Andijon viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi.
Andijon, Asaka va Marhamat hududlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel’ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Andijon — ko‘p miqdorli yirik korporativ mijozlarga ega istiqbolli hudud. Beeline tarmog‘ining muvaffaqiyatli rivojlanishi abonentlarning ishonchini qozongan holda kelajakka dadil nazar bilan qarash imkonini beradi”.
Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida viloyat markazidagi Sarvontepa va Aylana ko‘chalarida, Shahroxon tumanidagi Dulan, Xo‘jaobod tumanidagi Dilkushod va Asaka tumanidagi Durmon qishloqlarida signal sifati yaxshilandi.
Izoh (0)