Samsung kompaniyasi bir necha hafta oldin chiqargan reklama roligida iPhone batareyasini tanqid qilgan va iPhone foydalanuvchilarini “devor quchoqlovchilar” deb masxara qilgan edi.
Yaqinda taqdim etilgan yangi reklama roligida esa iPhone displeyining kichikligi kulguga olindi. Bu haqda Phonearena.com saytiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Reklama roligida iPhone 5s va Samsung Galaxy S5 foydalanuvchilarining suhbati tasvirlangan. Ulardan biri: “iPhone balki kattaroq displey bilan chiqarilar”, — deydi. Samsung foydalanuvchisi esa, “Ha… Bilasanmi, sen ikki yildan beri kutayotgan narsa bizda doim bo‘lgan”, — deb javob qaytaradi.
Eslatib o‘tamiz, iPhone 5s displeyi 4 dyuymni, Galaxy S5 displeyi esa 5,1 dyuymni tashkil etadi. Shuningdek, Apple kompaniyasi ham iPhone 6 smartfonlarini kattaroq – 4,7 va 5,5 dyuymli displey bilan chiqarishi kutilmoqda.
Izoh (0)