Avstraliyalik Keylin Menn va Jeyden Berrouz 2014-yil Malaysia Airlines samolyotlari bilan sodir bo‘lgan ikki aviahalokatda oila a’zolaridan ayrildi. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Mart oyida Keylin Menn akasi va kelinoyisi uchgan MH370 reysining Hind okeanida izsiz yo‘qolganidan xabar topgan edi.
17-iyul, juma kuni Keylinning o‘gay qizi Mari Rizk va uning turmush o‘rtog‘i Albert Yevropadagi bir oylik sayohatdan qaytayotganda, ular parvoz qilayotgan MH17 Ukraina hududiga quladi.
Keylinning akasi Greg Berrouz oilasi a’zolarining qanday qilib bir aviakompaniyaning ikki alohida halokatiga duchor bo‘lganini tushunishga urinayotganini aytdi.
The Age nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “Boing-777” bortida 28 nafar avstraliyalik bo‘lgan.
Izoh (0)