Bugungi kunga kelib barcha qurilmalar smartfon bilan “do‘stlashmoqda”, shu jumladan AQShning Boston shahridagi skameykalar ham. Bu haqda Mashable nashri xabar berdi.
Hududdagi ayrim istiqomat qiluvchilar bog‘dagi quyosh energiyasidan foydalanib smartfonni quvvatlay oladigan skameykalardan foydalanishni boshladi. Shuningdek, ushbu o‘rindiqlar havo sifati hamda shovqin darajasini ham hisoblab boradi.
Skameykalarlar Soofa deb nomalanadi va hozirda Bostonning jami oltita hududida o‘rnatilgan. Bunday o‘rindiqlardan 100tasi allaqachon tayyorlab qo‘yilgan. Tez orada aqlli skameykalar Boston va Kembrij shaharlaridagi parklarda o‘rnatiladi.
Loyiha asoschisi Sandra Rixterning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya, Italiya, Gongkongda joylashgan turli tashkilotlar Soofa o‘rindiqlariga katta talab bildirmoqda.
Izoh (0)